2.5. Abonent tomonidan «Abonent roziligi»ni imzolash fakti (1-Ilova) Abonent tomonidan Shartnoma shartlari
va Shartnomaning ajralmas qismi hisoblangan, unga barcha Ilovalarini to‘liq va so‘zsiz qabul qilishi deb sanaladi
(O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksining 370-moddasi).
3. XIZMATLARNI KO‘RSATISH SHARTLARI
3.1. Abonentni Xizmatga ulash muddati ushbu Shartnomaning 4.3. va 4.4. bandlari shartlariga muvofiq, ulanish
uchun to‘lov va birinchi oy uchun abonentlik to‘lovi amalga oshirilgan paytdan boshlab, 5 (besh) ish kunidan
oshmasligi lozim.
3.2. Abonent Xizmatni ulash bo‘yicha texnik ishlar tugagan paytdan boshlab, 3 (uch) ish kunidan kechiktirmay
tarmoqda avtorizasiya qilishi kerak. Abonentni avtorizasiya qilish tarmoqqa ulanish paytida Abonentning
shaxsiy Autentifikasiya ma'lumotlarini kiritish orqali amalga oshiriladi.
3.3. Abonentning xizmatga ulanishi (xizmat ko‘rsatishning boshlanishi) payti deb Abonentning birinchi
muvaffaqiyatli Avtorizasiyasi vaqti hisoblanadi.
3.4. Abonentning Xizmatlardan foydalanishni haqiqatda boshlagan sanasi Operatorning tarmog‘ida o‘rnatilgan
ulanishlarni yoki xarajatlarni hisobga olish uskunasi (billing) ning dasturiy nazorati ma'lumotlari asosida,
Operator tomonidan belgilanadi. Abonentga Xizmatlarni taqdim etish fakti Operatorning xarajatlarni hisobga
olish (billing) uskunasining ma'lumotlari bilan tasdiqlanadi.
3.5. Abonentning identifikasiyasi hamda Xizmatlar va Shaxsiy kabinetga kirishi Abonentning shaxsiy
autentifikasiya ma'lumotlari yordamida amalga oshiriladi. Bir vaqtning o‘zida bitta login bilan faqat bitta ulanish
o‘rnatilishi mumkin.
3.6. Abonentning shaxsiy Autentifikasiya ma'lumotlari Abonentga Operatorning ofisida beriladi. Abonentga
tayinlangan Login o‘zgartirilmaydi. Abonent shaxsiy kabinetda birinchi marta muvaffaqiyatli avtorizasiya
qilingan paytdan boshlab, 24 soat ichida boshlang‘ich parol (password) ni o‘zgartirish majburiyatini oladi.
3.7. O‘z xizmat vazifalarini bajarishlari munosabati bilan, Operatorning xodimlariga Abonent to‘g‘risida ma'lum
bo‘lgan ma'lumotlar shaxsiy ma'lumotlar sanalib, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq himoya
qilinishi lozim. Abonent to‘g‘risidagi ma'lumotlarga quyidagilar kiradi: Abonent – jismoniy shaxsning
familiyasi, ismi, otasining ismi; Abonentning manzili yoki Abonentlik uskunasi o‘rnatiladigan manzil, taxallus,
aloqa uchun telefon raqamlari, abonentlik qurilmasining MAC-manzili hamda Abonent va uning Abonentlik
uskunasini shubhasiz identifikasiyalash imkonini beruvchi boshqa ma'lumotlar. Telekommunikasiya tarmoqlari
orqali uzatiladigan axborot oqimlari to‘g‘risidagi ma'lumotlar faqatgina ularni jo‘natuvchi shaxslar
(Operatorning Abonentlari), ularning qonuniy vakillariga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining amaldagi
qonunchiligida nazarda tutilgan hollarda berilishi mumkin.
3.8. Shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlash – Abonentning shaxsiy ma'lumotlarini to‘plash, tizimlashtirish, saqlash,
o‘zgartirish, to‘ldirish, foydalanish, taqdim etish, tarqatish, uzatish, shaxssizlashtirish va yo‘q qilish bo‘yicha
Operatorning bir yoki qator xatti-harakatlarining amalga oshirilishi. Ushbu Shartnomani tuzish orqali Abonent
Operator tomonidan o‘zining shaxsiy ma'lumotlari qayta ishlanishiga roziligini bildiradi. Abonentning shaxsiy
ma'lumotlarini qayta ishlash O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 2 iyuldagi № O‘RQ-547-sonli “Shaxsiy
ma'lumotlar to‘g‘risida”gi Qonuni talablari asosida amalga oshiriladi.
4. XIZMATLAR NARXI VA TO‘LOVNI AMALGA OSHIRISH TARTIBI
4.1. Xizmatlar oldindan to‘lov kiritish (matnda keyingi o‘rinlarda – “Oldindan to‘lov”) shartlari asosida taqdim
etiladi. Xizmatlardan foydalanishni boshlagan paytdan boshlab, Operator Abonentning shaxsiy hisobvarag‘idagi
mablag‘lar hisob-kitobini yuritadi. Shaxsiy hisobvaraqdagi mablag‘lar Abonent tomonidan faqatgina
Operatorning Xizmatlarini to‘lash uchun ishlatilishi mumkin.
4.2. Xizmatlar narxi va tarifikasiyalash qoidalari ushbu Shartnomaning ajralmas qismi bo‘lgan Operator
tomonidan belgilangan tariflarga (matnda keyingi o‘rinlarda – “Tariflar”) muvofiq belgilanadi. Tariflar
Xizmatning rasmiy vebsaytida joylashtiriladi.
4.3. Dastlabki to‘lov Xizmatga ulanish uchun to‘lov va amaldagi tariflarga muvofiq tanlangan xizmatlardan
foydalanganlik uchun oylik Abonent to‘lovini o‘z ichiga oladi hamda Abonentning shaxsiy hisobvarag‘iga pul
mablag‘larini ko‘chirish yo‘li bilan to‘liq hajmda to‘lanadi.
4.4. Birinchi oy uchun abonentlik to‘lovi Xizmatdan foydalangan kundan boshlab oy oxirigacha qolgan kalendar
kunlarning haqiqiy sonidan kelib chiqqan holda hisoblanadi.