«IST TELEKOM» MChJ QKning Yagona
ommaviy ofertasiga 1-Ilova
malumotlarni yuborish xizmatlarini taqdim qilish uchun
OMMAVIY OFERTA (TAKLIF)
Matnda keyingi o‘rinlarda Operator deb yuritiluvchi, Ustav va 2020 yil 31 martda berilgan AA №0008087-
sonli Lisenziya asosida ma’lumotlar uzatish tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, foydalanish va ularga
xizmatlar ko‘rsatish ishlari bilan shug‘ullanuvchi «IST TELEKOM» MChJ QK ushbu hujjat orqali mazkur
ofertani jismoniy shaxslar (qabul qiluvchi akseptlar) ga quyidagi shartlarda taqdim qiladi.
Ushbu Ommaviy oferta Operatorning Internet tarmog‘idagi : www.etc.uz va www.etc-jet uzmanzillarida
joylashgan rasmiy vebsaytlarida joylashtirilgan paytdan e'tiboran kuchga kiradi va mazkur vebsaytlarda uni
bekor qilish to‘g‘risidagi rasmiy xabar joylashtirilgunga qadar amal qiladi.
Operator ushbu Ommaviy oferta bilan belgilangan tartibda Ommaviy oferta shartlariga o‘zgartirishlar kiritish
huquqini o‘zida saqlab qoladi.
1. UMUMIY QOIDALAR
1.1. Operator mazkur Shartnomani tuzayotganda Abonent shaxsiy komp'yuterda ishlash uchun zarur bo‘lgan
barcha ko‘nikmalarga, shuningdek, Internet tarmog‘ida ishlash ko‘nikmalariga ega degan farazga tayanadi.
1.2. Ushbu Ommaviy ofertada quyidagi atamalar qo‘llaniladi:
«Abonent» xizmatlardan tijorat maqsadlarida foydalanish huquqisiz, faqat shaxsiy maqsadlarda
foydalanuvchi, ushbu maqsadlar uchun noyob autentifikasiya ma'lumotlari ajratib ko‘rsatilgan holda bunday
xizmatlarni ko‘rsatish to‘g‘risida Shartnoma tuzilgan jismoniy shaxs;
«Abonent qurilmasi, terminal qurilmalar» Abonentning manzilida joylashgan aloqa liniyalari (komp'yuter,
tarmoq kabeli va boshqalar) orqali signallarni uzatish va/yoki qabul qilishga mo‘ljallangan texnik vositalar;
«Avtorizasiya» Operator serverida Abonent tomonidan kiritilgan Autentifikasiya ma'lumotlarini tahlil qilish
jarayoni, uning natijalariga qarab, Abonentning xizmatni qabul qilishi yoki Shaxsiy kabinetga kirish huquqiga
ega ekanligini belgilanadi.
«Autentifikasion ma’lumotlar» Internet tarmog‘idan Shaxsiy kabinetga kirish va/yoki tegishli xizmatdan
foydalanish uchun qo‘llaniladigan Abonentning noyob foydalanuvchi nomi (login) va paroli (password).
«Shaxsiy hisobvarag‘i balansi» – muayyan vaqtning o‘zida ikki xil pul mablag‘lari summasi o‘rtasidagi farq.
Birinchi summa shu vaqtgacha Shaxsiy hisobvarag‘iga kiritilgan pul mablag‘laridan iborat bo‘lsa; ikkinchi
summa shu vaqtgacha Shaxsiy hisobvarag‘idan yechib olingan pul mablag‘laridan iborat bo‘ladi.
«Shaxsiy hisobvarag‘iga pul mablag‘larini kiritish» Abonent tomonidan Operatorning hisob raqamiga
Shaxsiy hisobvarag‘i ko‘rsatilgan holda o‘tkazilgan avans to‘lovi. To‘lovni Operatorning kassasiga naqd pul
mablag‘larini topshirish yoki elektron to‘lov tizimlari (Payme, Paynet, Click, M-bank, UPay, Paycom,
Kapitalbank va boshqalar) yordamida amalga oshirish mumkin.
«Operatorning mas'uliyat sohasi» Operatorga tegishli bo‘lgan yoki uning boshqaruvi ostida bo‘lgan texnik
vositalar va telekommunikasiya kanallari.
«Internet» bu ko‘p sonli turli odamlar va tashkilotlarga tegishli bo‘lgan komp'yuter tarmoqlari va axborot
resurslarining global ixtiyoriy, mustaqil birlashmasi.
«Shaxsiy hisobvarag‘i» Abonentning avans to‘lovlari va ushbu to‘lovlardan xizmatlar uchun to‘lov sifatida
ushlab qolingan (echib olingan) pul mablag‘lari summalari qayd qilinadigan hisobvaraq. Shaxsiy hisobvaraq
noyob bo‘lib, Operatorning ma'lumotlar bazasida joylashgan bo‘ladi, xizmatlar ko‘rsatishning butun davri
davomida doimiy xususiyatga ega bo‘lib, mablag‘larning kelib tushishi va ularning sarflanishi to‘g‘risidagi
ma'lumotlarning hisobini aks ettiradi. Shaxsiy hisobvarag‘i sahifasi Shaxsiy kabinetning funksional varianti
sanaladi va xizmatning rasmiy vebsaytidagi Shaxsiy kabinet bo‘limida joylashgan.
«Shaxsiy kabinet» Operator ko‘rsatadigan xizmatning rasmiy veb-saytida olingan Xizmatlar hajmi va Shaxsiy
hisobvaraqning joriy holati to‘g‘risidagi statistik ma'lumotlarni o‘z ichiga olgan veb-sahifa. Bunda, Shaxsiy
kabinetda aks ettirilgan ma'lumotlar faqat ma'lumot uchun mo‘ljallangan bo‘lib, Operatorning moliyaviy
tizimlaridagi ma'lumotlardan farq qilishi mumkin. Bundan tashqari, ushbu sahifada Abonent muayyan
xizmatlarga obuna bo‘lishi, ularni rad etish funksiyalari amalga oshirilishi mumkin.
«Hisobot oyi» Abonent tomonidan tanlangan tarif rejasi shartlariga muvofiq, ushbu xizmatga mos keladigan,
Abonentning muayyan to‘lovlariga muvofiqlashtirilgan ma'lum bir xizmat ko‘rsatiladigan kalendar' oyi.
«Xizmatning rasmiy vebsayti» Operatorning www.etc.uz va www.evo.uz veb manzillarida joylashgan
telekommunikasiya tarmog‘idagi axborot resursi.
«Operator» tegishli lisenziyalar asosida telekommunikasiya tarmoqlari (ma’lumotlarni uzatish tarmoqlari va
telekommunikasiya tarmoqlari) xizmatlarini ko‘rsatuvchi «IST TELEKOM» MChJ QK;
«Ommaviy oferta» www.etc.uz va www.evo.uz manzillarida joylashgan Operatorning rasmiy veb-sayti orqali
tarmoqda nashr qilingan, Abonent tomonidan Abonent va Operator o‘rtasida «IST TELEKOM» MChJ
QKning ommaviy ofertasiga “Telekommunikasiya xizmatlarini ko‘rsatishga buyurtma/aksept”ni imzolash
orqali tuziladigan, matnda keyingi o‘rinlarda “Shartnoma” deb yuritiladigan mazkur hujjat.
«Abonent trafigi» abonentning uskunasi (kiruvchi trafik) tomonidan Internet tarmog‘idan olingan va abonent
uskunasi (chiqish trafiki) dan Operatorning tarmog‘i orqali Internet tarmog‘iga uzatilgan har qanday ma'lumotlar
to‘plami yig‘indisi;
«Xizmat» ma’lumotlarni uzatish tarmoqlari, shu jumladan Internet xizmatlarini ulash va taqdim etish,
shuningdek, ushbu xizmatlarni olish uchun bajarilishi lozim bo‘lgan xatti-harakatlar;
«Ofertani qabul qilish (aksept matnda keyingi o‘rinlarda “Abonent roziligi” (1-Ilova) deb yuritiladigan,
Abonent tomonidan «IST TELEKOM» MChJ QKning ommaviy oferta shartlariga telekommunikasiya
xizmatlarini ko‘rsatishga buyurtma/akseptni imzolash orqali ofertani to‘liq va so‘zsiz qabul qilish.
2. SHARTNOMA MAVZUSI
2.1. Operator Abonentga ma'lumotlarni uzatish tarmog‘i xizmatlari, shu jumladan Internet tarmog‘iga kirish
xizmatini ta'minlaydi, Abonent esa ushbu Shartnoma shartlariga muvofiq, xizmatlardan foydalanadi va
ko‘rsatilgan xizmatlar uchun o‘z vaqtida va to‘liq hajmda, Xizmatning rasmiy vebsaytida ko‘rsatilgan tariflar
bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish majburiyatini o‘z zimmasiga oladi.
2.2. Shartnoma doirasida, zarurat bo‘lgan taqdirda, Operator Abonentga uning so‘roviga binoan, Ommaviy
oferta va unga ilovalarda ko‘rsatilgan, Xizmatning rasmiy vebsaytida sanab o‘tilgan va unda e'lon qilingan
tariflarga muvofiq tariflanadigan qo‘shimcha xizmatlarni taqdim etish huquqiga ega.
2.3. Ushbu Shartnoma bo‘yicha xizmatlarni ko‘rsatish muddati davomida Operator, Abonentning o‘zida zarur
shaxsiy uskunasi bo‘lmagan taqdirda, Operator Xizmatga ulanish uchun ishchi holatda bo‘lgan
telekommunikasiya uskunasini Abonentga vaqtinchalik foydalanish uchun topshirish va/yoki sotish ehtimolini
ko‘rib chiqishi mumkin. Vaqtinchalik foydalanishga topshirilgan taqdirda, Shartnoma bekor qilingan paytda,
Operatordan uskunani olgan Abonent Shartnoma bekor qilingan paytdan boshlab, olingan uskunani Operatorga,
tabiiy eskirishni hisobga olgan holda, qaysi holatda qabul qilgan bo‘lsa, shunday holatda qaytarishi shart.
2.4. Abonentning o‘zida FTTB, GPON va ADSL texnologiyalari bo‘yicha «Operator»ning Xizmatlaridan to‘liq
foydalanish uchun yaroqli bo‘lgan shaxsiy telekommunikasiya uskunasi bo‘lgan taqdirda, 2.3-band o‘z kuchini
yo‘qotadi.
2.5. Abonent tomonidan «Abonent roziligi»ni imzolash fakti (1-Ilova) Abonent tomonidan Shartnoma shartlari
va Shartnomaning ajralmas qismi hisoblangan, unga barcha Ilovalarini to‘liq va so‘zsiz qabul qilishi deb sanaladi
(O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksining 370-moddasi).
3. XIZMATLARNI KO‘RSATISH SHARTLARI
3.1. Abonentni Xizmatga ulash muddati ushbu Shartnomaning 4.3. va 4.4. bandlari shartlariga muvofiq, ulanish
uchun to‘lov va birinchi oy uchun abonentlik to‘lovi amalga oshirilgan paytdan boshlab, 5 (besh) ish kunidan
oshmasligi lozim.
3.2. Abonent Xizmatni ulash bo‘yicha texnik ishlar tugagan paytdan boshlab, 3 (uch) ish kunidan kechiktirmay
tarmoqda avtorizasiya qilishi kerak. Abonentni avtorizasiya qilish tarmoqqa ulanish paytida Abonentning
shaxsiy Autentifikasiya ma'lumotlarini kiritish orqali amalga oshiriladi.
3.3. Abonentning xizmatga ulanishi (xizmat ko‘rsatishning boshlanishi) payti deb Abonentning birinchi
muvaffaqiyatli Avtorizasiyasi vaqti hisoblanadi.
3.4. Abonentning Xizmatlardan foydalanishni haqiqatda boshlagan sanasi Operatorning tarmog‘ida o‘rnatilgan
ulanishlarni yoki xarajatlarni hisobga olish uskunasi (billing) ning dasturiy nazorati ma'lumotlari asosida,
Operator tomonidan belgilanadi. Abonentga Xizmatlarni taqdim etish fakti Operatorning xarajatlarni hisobga
olish (billing) uskunasining ma'lumotlari bilan tasdiqlanadi.
3.5. Abonentning identifikasiyasi hamda Xizmatlar va Shaxsiy kabinetga kirishi Abonentning shaxsiy
autentifikasiya ma'lumotlari yordamida amalga oshiriladi. Bir vaqtning o‘zida bitta login bilan faqat bitta ulanish
o‘rnatilishi mumkin.
3.6. Abonentning shaxsiy Autentifikasiya ma'lumotlari Abonentga Operatorning ofisida beriladi. Abonentga
tayinlangan Login o‘zgartirilmaydi. Abonent shaxsiy kabinetda birinchi marta muvaffaqiyatli avtorizasiya
qilingan paytdan boshlab, 24 soat ichida boshlang‘ich parol (password) ni o‘zgartirish majburiyatini oladi.
3.7. O‘z xizmat vazifalarini bajarishlari munosabati bilan, Operatorning xodimlariga Abonent to‘g‘risida ma'lum
bo‘lgan ma'lumotlar shaxsiy ma'lumotlar sanalib, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq himoya
qilinishi lozim. Abonent to‘g‘risidagi ma'lumotlarga quyidagilar kiradi: Abonent jismoniy shaxsning
familiyasi, ismi, otasining ismi; Abonentning manzili yoki Abonentlik uskunasi o‘rnatiladigan manzil, taxallus,
aloqa uchun telefon raqamlari, abonentlik qurilmasining MAC-manzili hamda Abonent va uning Abonentlik
uskunasini shubhasiz identifikasiyalash imkonini beruvchi boshqa ma'lumotlar. Telekommunikasiya tarmoqlari
orqali uzatiladigan axborot oqimlari to‘g‘risidagi ma'lumotlar faqatgina ularni jo‘natuvchi shaxslar
(Operatorning Abonentlari), ularning qonuniy vakillariga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining amaldagi
qonunchiligida nazarda tutilgan hollarda berilishi mumkin.
3.8. Shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlash Abonentning shaxsiy ma'lumotlarini to‘plash, tizimlashtirish, saqlash,
o‘zgartirish, to‘ldirish, foydalanish, taqdim etish, tarqatish, uzatish, shaxssizlashtirish va yo‘q qilish bo‘yicha
Operatorning bir yoki qator xatti-harakatlarining amalga oshirilishi. Ushbu Shartnomani tuzish orqali Abonent
Operator tomonidan o‘zining shaxsiy ma'lumotlari qayta ishlanishiga roziligini bildiradi. Abonentning shaxsiy
ma'lumotlarini qayta ishlash O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 2 iyuldagi O‘RQ-547-sonli “Shaxsiy
ma'lumotlar to‘g‘risida”gi Qonuni talablari asosida amalga oshiriladi.
4. XIZMATLAR NARXI VA TO‘LOVNI AMALGA OSHIRISH TARTIBI
4.1. Xizmatlar oldindan to‘lov kiritish (matnda keyingi o‘rinlarda – “Oldindan to‘lov”) shartlari asosida taqdim
etiladi. Xizmatlardan foydalanishni boshlagan paytdan boshlab, Operator Abonentning shaxsiy hisobvarag‘idagi
mablag‘lar hisob-kitobini yuritadi. Shaxsiy hisobvaraqdagi mablag‘lar Abonent tomonidan faqatgina
Operatorning Xizmatlarini to‘lash uchun ishlatilishi mumkin.
4.2. Xizmatlar narxi va tarifikasiyalash qoidalari ushbu Shartnomaning ajralmas qismi bo‘lgan Operator
tomonidan belgilangan tariflarga (matnda keyingi o‘rinlarda “Tariflar”) muvofiq belgilanadi. Tariflar
Xizmatning rasmiy vebsaytida joylashtiriladi.
4.3. Dastlabki to‘lov Xizmatga ulanish uchun to‘lov va amaldagi tariflarga muvofiq tanlangan xizmatlardan
foydalanganlik uchun oylik Abonent to‘lovini o‘z ichiga oladi hamda Abonentning shaxsiy hisobvarag‘iga pul
mablag‘larini ko‘chirish yo‘li bilan to‘liq hajmda to‘lanadi.
4.4. Birinchi oy uchun abonentlik to‘lovi Xizmatdan foydalangan kundan boshlab oy oxirigacha qolgan kalendar
kunlarning haqiqiy sonidan kelib chiqqan holda hisoblanadi.
4.5. Abonent o‘zining Shaxsiy hisobvarag‘idan Operatorning qo‘shimcha xizmatlariga buyurtma berishi va
ularni to‘lashi mumkin. Qo‘shimcha xizmatlarning tarkibi, narxi va ularni taqdim etishning tartibi to‘g‘risidagi
ma'lumotlar Operator tomonidan rasmiy vebsaytda e'lon qilinadi. Abonent tomonidan qo‘shimcha xizmatdan
foydalanishni boshlash fakti deb Abonentning uni taqdim etish shartlari va unga belgilangan tariflarga roziligi
hamda xizmat uchun haq to‘lashi sanaladi.
4.6. Operator tomonidan Abonentning shaxsiy hisobvarag‘idan mablag‘larni yechib olish quyidagicha amalga
oshiriladi:
4.6.1. Joriy oy uchun abonent to‘lovini yechib olish oyiga bir marta, oyning 1-sanasida 100% oldindan to‘lov
shaklida amalga oshiriladi.
4.6.2. Tarif chegarasidan tashqariga chiqadigan trafikdan foydalanganlik uchun mablag‘larni yechib olish
(limitdan tashqari trafik) limitdan ortiqcha trafikdan foydalanish fakti asosida amalga oshiriladi.
4.6.3. Qo‘shimcha xizmatlar (Internet-paketlar va boshqalar) uchun mablag‘larni yechib olish 100% oldindan
to‘lov shaklida xizmatga buyurtma berish paytida bir martalik to‘lov ko‘rinishida amalga oshiriladi.
4.7. Xizmatlar Abonentga faqatgina Shaxsiy hisobvaraqning musbat balansi holatida taqdim etiladi.
Abonentning balansi nolga teng bo‘lgan taqdirda yoki abonent to‘lovini yechib olish uchun yetarli bo‘lmaganda,
Xizmatni ko‘rsatish avtomatik ravishda to‘xtatiladi. Xizmatdan foydalanish huquqini taqdim etish Shaxsiy
hisobvaraqdagi balans xizmatdan foydalanishni davom ettirish uchun yetarli bo‘lgan miqdorgacha
to‘ldirilganidan keyin qayta tiklanadi.
4.8. Agar Abonent xizmat ko‘rsatish to‘xtatilgan oydan keyingi bir kalendar oy ichida shaxsiy hisobvarag‘idagi
balansni xizmatdan foydalanishni davom ettirish uchun yetarli bo‘lgan miqdorgacha to‘ldirmasa, Operator
Shartnomani bir tomonlama bekor qilish, Abonentni. tarmoqdan o‘chirib qo‘yish va Abonentning telefon raqami
yoki FTTB portining o‘zaro ulanishini bekor qilishga haqli.
4.9. Operator amaldagi tariflarga o‘zgartirishlar kiritilgani va yangilari joriy etilganligi to‘g‘risida Abonentlarni
o‘zgartirishlar kuchga kirishidan kamida 10 kun oldin xizmatning rasmiy vebsaytiga ma'lumotlarni joylashtirish
orqali xabardor qiladi.
4.10. Xizmatlar uchun tariflar milliy valyuta (SO‘M) da ko‘rsatilgan bo‘lib, to‘lov qilinadigan vaqtda amal
qiluvchi barcha soliq va yig‘imlarni o‘z ichiga oladi. To‘lovlar O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasi
(SO‘M) da amalga oshiriladi.
4.11. Operator ushbu Shartnomaning 5.2.4-bandiga muvofiq, Tariflarni bir tomonlama o‘zgartirishga haqli.
4.12. Tarif rejasida belgilangan trafik limitidan oshib ketgan taqdirda, Abonent ko‘rsatilgan reja tariflariga
muvofiq, limitdan oshib ketgan har bir 1 Mbayt trafik uchun to‘lovni amalga oshiradi. Tarif rejasida belgilangan
daqiqalar limitidan oshib ketgan taqdirda, Abonent ko‘rsatilgan reja tariflariga muvofiq, limitdan oshib ketgan
suhbatning har bir daqiqasi uchun to‘lovni amalga oshiradi.
4.13. Operator limitdan tashqari trafikning tarifikasiyasini abonent trafigining hisob-kitob davrida ustun bo‘lgan
yo‘nalishi (kiruvchi yoki chiquvchi) hajmiga ko‘ra amalga oshirish huquqiga ega. Agar hisobot davrida
abonentning chiquvchi trafigi ustunlik qilsa, Operator ushbu davrda tarifikasiyani chiquvchi trafik bo‘yicha
amalga oshirish huquqiga ega.
4.14. Abonent tomonidan tanlangan tarif rejasida belgilangan trafik limitiga yetganidan so‘ng, Abonentning
xizmatdan foydalanishi uning Shaxsiy hisobvarag‘ida musbat balans mavjud bo‘lgan taqdirdagina ta'minlanadi.
4.15. Abonent tomonidan limitdan tashqari trafik uchun kiritilgan to‘lov va oyning oxirgi kunida uni iste'mol
qilishning haqiqiy summasi o‘rtasidagi musbat qoldiq keyingi oy uchun oylik Abonent to‘lovini to‘lash hisobiga
o‘tkaziladi.
4.16. Abonent tomonidan hisobot oyida Oylik Abonent to‘loviga kiritilgan trafikning foydalanilmagan hajmi,
agar bunday imkoniyat tarif rejasi shartlarida nazarda tutilmagan bo‘lsa, keyingi oyga o‘tkazilmaydi.
4.17. Shartnoma bekor qilingan taqdirda Abonent, ushbu Shartnomaning 4.8-bandiga binoan, amaldagi tariflarga
muvofiq, xizmatga qayta ulanish narxini to‘lash sharti bilan, Operatorning kassasiga yoki to‘lovlarni qabul
qilishning elektron tizimlariga kerakli miqdorda pul mablag‘larini o‘tkazish yo‘li bilan, Shartnomani qayta
tuzishi mumkin.
4.18. Abonentning Operatorga ushbu Shartnomaning 11.3-bandida nazarda tutilgan tartibda taqdim etilgan
arizasiga binoan Shartnoma bekor qilingan taqdirda, Abonentga Shartnomaning 11.4-bandida belgilangan
tartibda bekor qilingan sanada shaxsiy hisobvaraqda qolgan pul mablag‘lari qaytarilishi lozim, Abonent
Shartnomani bekor qilish to‘g‘risida ariza bergan oy uchun oylik Abonent to‘lovi bundan mustasno.
4.19. Agar biror bir sababga ko‘ra, Abonent xizmatdan foydalanishda tanaffus qilishga qaror qilsa, bunda
mazkur tanaffus muddati davomida oylik Abonent to‘lovi amalga oshirilmasa, u qo‘shimcha band qilish
xizmatini tanlashi lozim (Xizmatdan foydalanish imkoniyatini bloklash va Abonentga uning Operatorning
hisobga olish, port va o‘zaro ulanish tizimida Abonentning rekvizitlarini uning nomiga band qilish).
4.19.1. Band qilish muddati ketma-ket uch oygacha bo‘lishi mumkin.
4.19.2. Qo‘shimcha band qilish xizmatining narxi amaldagi tariflarda ko‘rsatilgan, to‘lov Abonentning shaxsiy
hisobvarag‘iga kerakli miqdordagi pul mablag‘larini kiritish orqali amalga oshiriladi.
4.20. Tarif rejasini o‘zgartirish Operator ofisiga yozma ariza bilan murojaat qilish yoki joriy oy tugashiga 2
(ikki) ish kuni qolganda, Shaxsiy kabinetda ariza berish orqali amalga oshiriladi. Abonentning tarif rejasi keyingi
oyning 1 (Birinchi) sanasida o‘zgartiriladi.
4.21. Agar biror bir sababga ko‘ra, Abonent xizmatlarni taqdim etishni boshqa joylashuv manziliga (boshqa
manzilga) ko‘chirmoqchi bo‘lsa, u holda zarur hujjatlar to‘plamini taqdim etgan holda, xizmatni ko‘chirish
uchun yozma ariza bilan Operatorning ofisiga murojaat qilishi kerak.
4.21.1. Xizmatni tko‘chirish Tomonlar tomonidan avvalroq Abonent tomonidan imzolangan “Abonent
roziligi”ga qo‘shimcha shartnomani imzolash orqali rasmiylashtiriladi.
4.21.2. Qo‘shimcha ko‘chirish xizmatining narxi amaldagi tariflarda ko‘rsatiladi. To‘lov Abonentning Shaxsiy
hisobvarag‘iga kerakli miqdordagi pul mablag‘larini kiritish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
4.21.3. Qo‘shimcha ko‘chirish xizmati Tomonlar qo‘shimcha shartnoma imzolagan paytan boshlab, 10 (o‘n) ish
kuni ichida yangi ulanish manzilida zarur hujjatlar to‘plamini taqdim etgan holda taqdim etiladi.
4.22. Reklama aksiyalari davomida Abonentga taqdim etilgan va Operatordan bonuslar ko‘rinishida qo‘shilgan
barcha summalar faqat Xizmatlar uchun to‘lovni amalga oshirish uchun sarflanishi mumkin va Shartnoma bekor
qilinganda to‘lanmaydi.
4.23. Agar hisobot oyidan keyingi oyning 5 (besh) kalendar kuni o‘tganidan so‘ng, Abonent hisobot oyida
ko‘rsatilgan xizmatlarning hajmi va sifati yuzasidan asoslangan da'voni yozma ravishda taqdim qilmagan bo‘lsa,
Xizmat tegishli tarzda taqdim etilgan deb hisoblanadi.
4.24. Operator tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarga QQS summasi kiritilgan.
5. OPERATORNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
5.1. Operatorning majburiyatlari quyidagilardan iborat:
5.1.1. Abonentga O‘zbekiston Respublikasining amaldagi me'yoriy hujjatlari talablarini inobatga olgan holda,
ushbu Shartnomada ko‘rsatilgan shartlarga muvofiq, Xizmatlarni taqdim etish.
5.1.2. Abonentning avans to‘lovlarini o‘z vaqtida uning Shaxsiy hisobvarag‘iga ko‘chirish.
5.1.3. Abonentga +99878 150 0000 (tun-u kun uzluksiz, haftasiga 7 kun) telefon raqami orqali texnik qo‘llab-
quvvatlash xizmatidan telefon orqali maslahat olish imkoniyatini taqdim etish. Konsultatsiyalar hajmi
Xizmatlarni taqdim etish bilan bog‘liq muayyan masalalar bilan cheklanadi.
5.1.4. Abonentga Shaxsiy kabinetga kirish imkoniyatini taqdim etish. Xizmatlarni ko‘rsatish to‘xtatilgan
taqdirda, Shaxsiy kabinet Shartnomaning amal qilish muddati davomida Internet tarmog‘i orqali Abonent uchun
ochiq bo‘lib qoladi.
5.1.5. Abonent tomonidan Xizmatdan foydalanish tartibi va u bilan tuzilgan Shartnomaning boshqa shartlari
to‘g‘risidagi ma'lumotlarning maxfiyligini ta'minlash uchun umum qabul qilingan texnik va tashkiliy choralarni
ko‘rish.
5.1.6. Abonentga, uning so‘roviga binoan, ushbu Shartnoma shartlariga muvofiq qo‘shimcha xizmatlarni taqdim
etish;
5.1.7. Xizmatlarni ko‘rsatishning normal rejimi buzilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan profilaktik va rejali
ta'mirlash ishlarining boshlanishi va o‘tkazilish davomiyligi to‘g‘risida Abonentni xizmatning rasmiy vebsaytida
xabardor qilish.
5.2. Operator quyidagi huquqlarga ega:
5.2.1. Abonent tomonidan xizmatlar uchun Dastlabki to‘lov yoki oylik Abonent to‘lovini 100% oldindan
to‘lanmaguncha, xizmatlarni taqdim etishni rad etish;
5.2.2. Agar Abonentdan olingan zarur hujjatlarda noto‘g‘ri ma'lumotlar keltirilgan bo‘lsa, Abonentga ulanish va
xizmatlarni ko‘rsatish bo‘yicha ishlarni bajarishni bir tomonlama rad etish;
5.2.3. Quyidagi hollarda Abonentga ushbu rad etish tegishli ravishda asoslanishi sharti bilan xizmat ko‘rsatishni
rad etish mumkin:
- 2020 yil 30 iyun kuni 3275-raqami ostida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatga
olingan, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirining
2020 yil 30 iyundagi 208-mh-son buyrug‘iga Ilova qilingan “Telekommunikasiya xizmatlarini ko‘rsatish
qoidalari” da ko‘rsatilgan majburiyatlarga rioya qilinmasa;
- qandaydir texnik, jismoniy, topografik yoki boshqa tabiiy to‘siqlar tufayli Xizmatlarni taqdim etishning iloji
bo‘lmasa;
5.2.4. Bir tomonlama tartibda yangi tariflarni joriy etish va amaldagilarini, ularni o‘zgartirishdan kamida 10
(O‘n) kalendar kun oldin, xizmatning Rasmiy vebsaytida ma'lumot joylashtirish orqali Abonentni oldindan
xabardor qilgan holda, o‘zgartirish,
5.2.5. Quyidagi hollarda Shartnomani bir tomonlama bekor qilgan holda, Abonentga xizmatlarni ko‘rsatishni
to‘xtatish:
- Abonent tomonidan ushbu Shartnoma va unga Ilovalarning shartlari buzilganda;
- Abonentning Operator tarmog‘ida nosozlik kelib chiqishiga olib kelgan har qanday xatti-harakatlari;
- taqdim qilingan xizmatlardan noqonuniy yoki tijorat maqsadlarida foydalanish;
- mahalliy tarmoqlarni tashkil qilish va/yoki ikki yoki undan ortiq komp'yuterlarni o‘zaro bir-biriga ulash orqali
Xizmatga ulanish yo‘li bilan xizmatdan tijorat maqsadlarida foydalanish;
- jamoaviy foydalanish punktlarini tashkil qilishda xizmatdan foydalanish (“Internet-klublar”, “Internet-
kafelar”, har qanday o‘quv-ta'limiy markazlar);
- Abonentning tarmoq resurslariga ruxsatsiz kirish imkoniyatini olishga qaratilgan xatti-harakatlari.
- abonentga kirish nuqtasini ijaraga berish bo'yicha xizmatlar ko'rsatuvchi hamkorlar bilan shartnoma bekor
qilinganda
5.2.6. Tarqatilishi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga zid bo‘lgan har qanday ma'lumotlarni uzatishdan
bosh tortish.
6. ABONENTNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
6.1. Abonentning majburiyatlari quyidagicha:
6.1.1. Operatorning hisob-kitob raqamiga zarur avans to‘lovlarini o‘z vaqtida amalga oshirgan holda, Shaxsiy
hisobvarag‘ida musbat balansni saqlab turish.
6.1.2. Abonent Xizmatlardan foydalanish uchun barcha javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi. Abonent tomonidan
foyda olish maqsadida Shartnoma bo‘yicha Xizmatdan har qanday tijorat maqsadlarida foydalanishga (Xizmatni
boshqa jismoniy yoki yuridik shaxsga qayta sotish) yo‘l qo‘yilmaydi.
6.1.3. Xizmatni ulash bo‘yicha texnik ishlar tugatilgan paytdan boshlab, 5 (besh) ish kuni ichida Xizmatni
faollashtirish.
6.1.4. Xizmatlardan O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga rioya qilgan holda, uchinchi
shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlarini buzmagan hamda ularga ziyon yetkazmagan holda foydalanish.
6.1.5. Vaqti-vaqti bilan (7 kun davomida kamida bir marta) Xizmatning rasmiy vebsaytida o‘zgarishlar
mavjudligini tekshirish.
6.2. Abonent quyidagi huquqlarga ega:
6.2.1. Taqdim etiladigan xizmatlardan foydalanish bilan bog‘liq savollar tug‘ilganda, Operatorning konsul'tativ
va texnik qo‘llab-quvvatlash xizmatidan foydalanish.
6.2.2. Operator vebsaytida iste'molchi xususiyatlari va ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati to‘g‘risidagi
ma'lumotlarni olish.
6.2.3. Shaxsiy kabinetda ko‘rsatilgan xizmatlar va Shaxsiy hisobvaraqdagi mablag‘lar qoldig‘i to‘g‘risidagi
ma'lumotlarni olish.
6.2.4. Shartnomada belgilangan tartibda da'volar bilan murojaat qilish.
7. OPERATORNING JAVOBGARLIGI
7.1. Operator amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq o‘zining Shartnoma bo‘yicha majburiyatlarini bajarish uchun
javobgar sanaladi.
7.2. Operator Operatorga tegishli bo‘lmagan, Operatorning boshqaruvi ostida bo‘lmagan yoxud Operatorga
bog‘liq bo‘lmagan sabablar tufayli ro‘y bergan jihozlarning ishdan chiqishi va / yoki dasturiy ta'minotdagi
nosozliklar bois kelib chiqqan Xizmatni ko‘rsatishdagi uzilishlar uchun javobgar bo‘lmaydi.
7.3. Operator tarmoqning ishlab turishi va rivojlanishini ta'minlash zarurati bilan chaqirilgan uskunalar, dasturiy
ta'minotni almashtirish yoki boshqa ishlar bilan bog‘liq xizmatlarni ko‘rsatishda to‘liq yoki qisman uzilishlar
uchun javobgar bo‘lmaydi.
7.4. Operator Internet tarmog‘ining alohida segmentlari ishlashi va ulardan foydalanish imkoniyati mavjudligi
uchun javobgar bo‘lmaydi.
7.5. Operator Internet tarmog‘idagi Operatorning mas'uliyat doirasidan tashqarida joylashgan tugunlar yoki
serverlar bilan ma'lumot almashish imkoniyatini kafolatlamaydi.
7.6. Operator xizmatlarni ko‘rsatishda qisqa muddatli (15 daqiqadan ko‘p bo‘lmagan) uzilishlar uchun javobgar
bo‘lmaydi.
7.7. Operator Abonentning Autentifikasiya ma'lumotlarini kiritish paytida uchinchi shaxslar tomonidan sodir
etilgan xatti-harakatlar, shuningdek, ularning oqibatlari uchun javobgar bo‘lmaydi.
7.8. Operator Abonent tomonidan Xizmatdan foydalanish yoki foydalana olmaslik natijasida, shu jumladan
ma'lumotlarni uzatishda yo‘l qo‘yilgan xatolar, kamchiliklar, ishdagi uzilishlar, funksiyalarning o‘zgarishi,
nuqsonlar, ishda kechikishlar va boshqa sabablarga ko‘ra yo‘qotilgan foyda, yetkazilgan bevosita yoki bilvosita
zarar uchun javobgar bo‘lmaydi.
7.9. Operator shahar va boshqa umumiy foydalanish uchun mo‘ljallangan aloqa tarmoqlarining sifati,
shuningdek, Operatorning javobgarlik hududidan tashqarida joylashgan sabablarga ko‘ra bevosita yoki bilvosita
sodir bo‘lgan Xizmatlarni ko‘rsatish sifatining yomonlashishi va / yoki undagi uzilishlar uchun javobgar
bo‘lmaydi.
7.10. Operator Xizmatlardan foydalanishda Abonent tomonidan olinadigan va uzatiladigan ma'lumotlarning
to‘g‘riligi va mazmuni uchun javobgar sanalmaydi.
7.11. Operator Abonent tomonidan oshkor etilishi yoki Abonent tomonidan hisob ma'lumotlari va boshqa
ma'lumotlarning yo‘qolishi munosabati bilan Abonentga yetkazilgan ziyon uchun javobgar sanalmaydi.
7.12. Xizmatlarga kirish to‘xtatilganda, Operator uchinchi shaxslarni Abonentni Xizmatlarga kirish huquqidan
mahrum qilish va bunday ogohlantirish yoki uning yo‘qligi natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan oqibatlar
haqida xabardor qilish yoki xabardor qilmaslik uchun javobgar emas.
8. ABONENTNING JAVOBGARLIGI
8.1. Abonent amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq o‘z majburiyatlarini bajarish uchun javobgar sanaladi.
8.2. Abonent Shartnomaga Ilovalarda keltirilgan Xizmatlardan foydalanish qoidalarini bajarish uchun javobgar
sanaladi.
8.3. Abonent Xizmatlardan foydalanish bilan bog‘liq holda yo‘l qo‘yilgan barcha xatti-harakatlar, shuningdek
ularning oqibatlari uchun amaldagi qonunchilikka muvofiq javobgar sanaladi.
8.4. Abonent o‘z Autentifikasiya ma'lumotlarining maxfiyligini saqlash va uchinchi shaxslardan himoya qilish,
shuningdek Autentifikasiya ma'lumotlarini oshkor qilish va / yoki ulardan ruxsatsiz foydalanish sababli kelib
chiqishi mumkin bo‘lgan oqibatlar uchun to‘liq javobgar sanaladi.
8.5. Abonent Xizmatdan foydalanish jarayonida unga taqdim qilingan materiallar, tovar va xizmatlardan
foydalanish bilan bog‘liq javobgarlik va xatarlarni to‘liq o‘z zimmasiga oladi.
8.6. Abonent Xizmatlardan foydalanish munosabati bilan Abonent tomonidan taqdim etiladigan ma'lumotlarning
mazmuni, ishonchliligi va qonuniyligi uchun mustaqil ravishda javob beradi.
9. YENGIB BO‘LMAS KUCH (FORS-MAJOR) HOLATLARI
9.1. Tomonlar, Shartnoma bo‘yicha majburiyatlarini bajarmaslik (lozim darajada bajarmaslik) lari fors-major
holatlari (tabiiy ofatlar, yong‘inlar, texnogen avariyalar va falokatlar, muhandislik inshootlari va
kommunikasiyalaridagi baxtsiz hodisalar, davlat hokimiyati va mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlarining
me'yoriy hujjatlari, tomonlarning Shartnoma bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishiga to‘sqinlik qiluvchi
lisenziyalovchi organ va boshqalar), ya'ni Shartnoma tuzilgandan so‘ng paydo bo‘lgan ushbu sharoitlardagi
favqulodda va yengib bo‘lmaydigan holatlar tufayli kelib chiqqan bo‘lsa, Shartnomadan kelib chiqadigan
majburiyatlarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun javobgarlikdan ozod qilinadi.
9.2. Majburiyatlarini bajarmagan Tomon majburiyatni bajarish muddati boshlanganidan keyin yuzaga kelgan
holatlarga murojaat qilishga haqli emas.
9.3. Shartnomaning 9.1-bandida nazarda tutilgan fors-major holatlari ta'siridan ziyon ko‘rgan Operator fors-
major holatlari yuzaga kelgan va tugatilgan paytdan e'tiboran 5 (besh) ish kuni ichida ular yuzaga kelganligi va,
tabiiyki, bunday holatlarning tugagani haqida Xizmatning rasmiy vebsaytida ma'lumot joylashtirishi shart.
9.4. Agar boshqa tomon fors-major holatlarining yuzaga kelishi va tugaganligi to‘g‘risida xabardor qilinmagan
bo‘lsa, manfaatdor tomon, bunday holatlarning yuzaga kelishi bu haqda xabar berishga ham to‘sqinlik qilgan
bo‘lmasa, ularni javobgarlikdan ozod qilish uchun asos sifatida ko‘rsatishga haqli emas.
9.5. Fors-major holatlari yuzaga kelgan taqdirda, ushbu Shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni bajarish muddati
bunday holatlar amalda qilib turgan vaqtga mutanosib ravishda, hech qanday yo‘qotishlar qoplanmasligi sharti
bilan ortga qoldiriladi.
9.6. Agar Operatorga zarar yetkazayotgan fors-major holatlari ketma-ket 30 (o‘ttiz) kundan ortiq davom etsa,
Operator vebsaytida tegishli e'lonni joylashtirish orqali Shartnoma bo‘yicha majburiyatlarini ko‘rsatilgan
asoslarga ko‘ra bajarishdan bosh tortishga haqli. Bunday holda, Shartnoma Operator e'lonida ko‘rsatilgan
kundan boshlab bekor qilingan hisoblanadi.
10. NIZOLARNI HAL QILISH TARTIBI
10.1. Shartnomani bajarish bilan bog‘liq har qanday nizo yoki kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda,
Tomonlar ularni Tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar yo‘li bilan hal qilish uchun barcha sa'y-harakatlarni amalga
oshiradilar.
10.2. Yuzaga kelgan nizolar muzokaralar yo‘li bilan hal etilmagan taqdirda, ular amaldagi qonun hujjatlarida
belgilangan tartibda vakolatli sudda hal qilinishi lozim.
10.3. Nizoli munosabatlarni vakolatli sudda ko‘rib chiqish uchun murojaat qilish tartibidan oldin da'vo arizasi
yuborish orqali nizoli munosabatlarni sudgacha hal qilish tartibi amalga oshirilishi lozim.
10.4. Abonentning Xizmatlar bo‘yicha da'volarini taqdim etish muddati Xizmatlar ko‘rsatilgan kundan boshlab
bir oyni tashkil qiladi. Ushbu muddat tugagandan keyin taqdim etilgan da'volarni Operator ko‘rib chiqmaslik
huquqiga ega.
10.5. Davolar Tomonlar tomonidan bir-biriga quyidagi tarzda yetkaziladi:
10.5.1. Operatordan Abonentga yozma ko‘rinishda faksimil aloqa yoki buyurtma pochta orqali jo‘natilgan xat
yordamida.
10.5.2. Abonentdan Operatorga yozma ko‘rinishda faksimil aloqa yoki buyurtma pochta orqali jo‘natilgan xat
yordamida.
10.6. Da’vo arizasida shaxsiy hisob raqami, Abonentning to‘liq ismi, sharifi, shuningdek, javob yo‘llash uchun
uning pochta manzili ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim. Ushbu ma'lumotlar ko‘rsatilmagan taqdirda, Operator da'voni
ko‘rib chiqish uchun qabul qilishni rad etishga haqli.
10.7. Yozma da’volarni ko‘rib chiqish natijalari Abonent yo‘llagan davo arizasining asl nusxasi Operator
tomonidan olingan kundan boshlab bir oy ichida arizachiga yozma ravishda yetkaziladi.
11. SHARTNOMANING AMAL QILISH MUDDATI, UNI O‘ZGARTIRISH YOKI TO‘XTATISH
TARTIBI
11.1. Ushbu Shartnomaning amal qilish muddati ochiq (muddatsiz) bo‘lib, uning barcha shartlari tomonlardan
biri o‘z majburiyatlarini bajarishdan bosh tortguniga qadar amal qiladi, bu holda Shartnoma bunday rad etilgan
paytdan boshlab bekor qilingan hisoblanadi.
11.2. Abonentning Xizmatdan foydalanishda davom etayotganda qo‘shimcha xizmatdan foydalanishni rad
etishi, Abonentning yozma arizasi asosida Operator tomonidan qayd qilinadi. Operator tomonidan shunday ariza
olingan taqdirda, Abonentning qo‘shimcha xizmatga obunasi bekor qilinadi. Operator Abonentning ushbu
arizasida ko‘rsatilgan kundan boshlab, ushbu qo‘shimcha xizmatni ko‘rsatishni va qo‘shimcha xizmat uchun haq
olishni to‘xtatadi. Agar Abonent arizasida ushbu sana ko‘rsatilmagan bo‘lsa, qo‘shimcha xizmatlarni ko‘rsatish
va qo‘shimcha xizmat uchun to‘lovni undirish bunday ariza Abonentdan olingan kundan boshlab 5 ish kuni
ichida amalga oshiriladigan Abonentning rad javobi qayd etilgan kundan boshlab to‘xtatiladi.
11.3. Abonent Operatorning ofisiga ariza berilayotgan oy tugaguniga qadar 10 (o‘n) kalendar kunidan
kechiktirmay Shartnomani bekor qilish to‘g‘risida yozma ariza bilan murojaat qilib, Shartnomani bir tomonlama
bekor qilishga haqli.
11.4. Abonentga pul mablag‘larini qaytarish Operator tomonidan Abonentning yozma arizasi asosida,
Abonentning bank kartasiga milliy valyutadagi mablag‘larni ko‘chirish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Mablag‘larni qaytarish to‘g‘risidagi arizada quyidagi ma'lumotlar ko‘rsatilgan bo‘lishi shart:
- Abonentning plastik kartasi ochilgan bank nomi;
- Bankning MFOsi;
- Pul mablag‘larini ko‘chirish lozim bo‘lgan bankning tranzit hisob raqami;
- Abonent plastik kartasining shaxsiy hisobvarag‘i.
11.5. Operator Shartnoma shartlarini va/yoki unga Ilovalarni o‘zgartirishga, shu jumladan amaldagi tariflarni
o‘zgartirishga, Shartnomaga yangi Ilovalarni qo‘shishga, Abonentni Xizmatning rasmiy vebsaytiga
o‘zgartirishlar kuchga kirishidan kamida 10 (O‘n) kalendar kun oldin e'lon joylashtirish orqali xabardor qilish
huquqiga ega.
11.6. Xizmatning rasmiy vebsaytida e'lonni joylashtirish fakti, albatta, Operator tomonidan Abonentni xabardor
qilish majburiyatini lozim darajada bajarish sanaladi.
11.7. Abonent Xizmatning rasmiy vebsaytidagi o‘zgarishlar kiritilganligini muntazam ravishda tekshirish uchun
javobgardir. Shartnomaning amaldagi qoidalari va uning Ilovalari o‘zgarganligi to‘g‘risida xabar berilgandan
keyin 10 (o‘n) kalendar kunidan keyin xizmatlardan foydalanishni davom ettirish ushbu qoidalarga so‘zsiz rioya
qilish va ularni qabul qilish deb hisoblanadi.
12. BOSHQA SHARTLAR
12.1. Operator quyidagi holatlarda tegishli korxona, muassasa yoki tashkilotlarga Abonent to‘g‘risidagi
ma'lumotlarni taqdim qilishga haqli sanaladi:
12.1.1. Abonent pudratchi tashkilotlar tomonidan ko‘rsatiladigan Xizmatlar va / yoki ular yordamida Abonentga
keyinchalik texnik xizmat ko‘rsatish uchun ulanishi tashkil etilganda;
12.1.2. Abonentning domen nomlari ro‘yxatga olinganda;
12.1.3. Amalda qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan boshqa holatlarda.
12.2. Abonent har qanday muayyan xizmatdan foydalanish uchun Autentifikasiya ma'lumotlarini yo‘qotgan
taqdirda, Abonentning Abonentlar bilan ishlash bo‘limi yoki Call-markaz texnik qo‘llab-quvvatlash xizmatiga
yo‘llangan so‘roviga binoan, yo‘qotilgan ma'lumotlar to‘g‘risida Abonentga qayta xabar berish va/yoki parolni
o‘zgartirish harakati, Abonentning pasport ma'lumotlarini ko‘rsatgan holda, Operator tomonidan amalga
oshiriladi. Operator, faqatgina Abonent nazorat savoliga to‘g‘ri javob berishi sharti bilan, Abonentga yo‘qotilgan
ma'lumotlar haqida qayta xabar beradi va/yoki parolni almashtiradi.
12.3. Ushbu Shartnomada nazarda tutilmagan barcha masalalarda tomonlar O‘zbekiston Respublikasining
amaldagi fuqarolik qonunchiligiga amal qiladilar.
12.4. F.I.Sh., pasport ma'lumotlari, yashash manzili, aloqa uchun telefon raqamlari o‘zgargan taqdirda, Abonent
bunday o‘zgartirishlar kiritilgan kundan boshlab, o‘n kunlik muddat ichida Operatorni yozma ravishda xabardor
qilishga majbur. Aks holda, Operator tomonidan Abonentning ma'lum bo‘lgan oxirgi manziliga yoki aloqa
uchun faks raqamiga yuborilgan xabar lozim ravishda yuborilgan hisoblanadi.