Toshkent shahrining Sergeli, Mirobod va Yashnobod tumanlari abonentlari diqqatiga

Hurmatli abonentlar!

Sizlarga ma'lum qilamizki, Toshkent shahrining ayrim hududlarida tarmoqni modernizatsiya qilish, ya'ni FTTB texnologiyasidan GPON texnologiyasiga o‘tish ishlari boshlanadi. Ishlarning boshlanishi kuni:

- 2024 yil 18 oktyabrdan Sergeli tumani, Uchuvchilar shaharchasi (Авиагородок) hududida (havola);

- 2024 yil 19 oktyabrdan Mirabad tumani hududida (havola);

- 2024 yil 20 oktyabrdan Yashnobod tumani hududida (havola).

Abonentlarni yangi tarmoqqa o‘tkazish ishlari tarmoq tayyorgarlik darajasiga qarab amalga oshiriladi va bir oygacha davom etishi mumkin. Bu aloqa sifati va barqarorligini sezilarli darajada yaxshilaydi.

Qo‘shimcha ma'lumotlar uchun Call-markazimizning 78 150-00-00 telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin. Tushunganingiz va qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun minnatdormiz!

Hurmat bilan, East Telecom

Yangiliklar sahifasiga o'ting →