East Telecom – raqamli transformatsiya sohasida sizning ishonchli hamkoringiz.
Kompaniya tashkil etilgandan so'ng, East Telecom yuqori sifatli Internet xizmatlari va telefon aloqalarining to'liq spektrini taqdim etishga katta e’tiborini qaratdi, bu esa qisqa vaqt ichida kompaniyani O'zbekistondagi statsionar aloqa operatorlari orasida yetakchi o'rinlardan biriga olib chiqdi.
Kompaniyaning keyinchalik rivojlanishiga ta’sir etuvchi bir nechta muhim voqealar sodir bo’ldi.
-
East Telecom kompaniyasi KT Corporation (Koreya Respublikasi) va Sumimoto Corporation(Yaponiya) kabi global bizneslarning bir qismiga aylandi.
-
EVO kompaniyasi tashkil etildi – mobil WiMAX ikkinchi to’lqin(wave-2) dunyodagi eng birinchi operator tarmoqlaridan biri.
-
Shuningdek, Farg'onada 638 km VOLS(optik tolali aloqa liniyalari) qurildi.
East Telecom kompaniyasi imidj o'zgarishi va rebrending jarayonining boshlanishi haqida e'lon berishdi, bundan maqsad kompaniyaning sifatli xizmatlarni taqdim etish orqali mijozlarga quvonch baxsh etish istagini aks ettiruvchi zamonaviy va noyob tasvirini yaratish edi.
KT Corporation(Koreya Respublikasi) Sumimoto Corporation (Yaponiya) kompaniyasining ulushini sotib oldi va East Telecom kompaniyasining bosh ta’sischisiga aylandi.
Global tendentsiyalardan ortda qolmasdan, East Telecom tez va barqaror aloqa linyasini qurishni boshlaydi va 4G LTE tarmog'ini muvaffaqiyatli ishga tushiradi,. Kompaniya O'zbekistonning telekommunikatsiya tarixidagi yana bir katta yutuqqa tayyorgarlik ko'rishni boshlaydi: infratuzilmalarni tubdan yangilash va tarmoqlarni optimallashtirish amalga oshiriladi.
"East Telecom" va "Evo" kompaniyalarining "East Telecom" brendi ostida birlashishi kompaniyaning raqamli transformatsiya (Digital Transformation yoki DX) sohasida yetakchi bo'lish ehtimolini yuksaltirdi.
Kompaniyada yana bir muhim birlashuv sodir bo’ldi. East Telecom tarkibiga TPS Internet-provayderi qo’shildi.
Kompaniya o'z oldiga qo’yilgan maqsadga erishdi va O'rta Osiyoda DX sohasida yetakchi o'rinlarni egalladi va hozirda shu yo'nalishda rivojlanishda davom etmoqda. Shu bilan birga, Markaziy Osiyoda ma'lumotlar markazi kamarini yaratish yo'lidagi birinchi qadam bo'lgan ma'lumotlar markazi qurilishi ham boshlandi.