Hurmatli abonentlar!

East Telekom kompaniyasi sizning e’tiboringizga shuni ma’lum qiladiki, so‘nggi paytlarda o‘zini kompaniyamiz xodimi sifatida tanishtirayotgan shaxslar tomonidan amalga oshirilayotgan firibgarlik qo‘ng‘iroqlari holatlari qayd etilmoqda.

Shuni ma’lum qilamizki, +998 (78) 147-xx-xx va +998 (78) 1487-xx-xx prefikslariga ega bo‘lgan telefon raqamlaridan amalga oshirilayotgan bunday qo‘ng‘iroqlar kompaniyamizga tegishli bo‘lmasligi hamda aloqa tizimimizda ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lishi mumkin.

Muhim xavfsizlik qoidalari:

∙ Hech qachon telefon orqali shaxsiy ma’lumotlaringizni, SMS orqali yuborilgan tasdiqlash kodlarini yoki moliyaviy ma’lumotlarni (karta raqamlari, parollar) bermang.

∙ Hatto eng kichik shubha yuzaga kelgan taqdirda ham suhbatni darhol to‘xtating.

East Telekom kompaniyasi sizning ma’lumotlaringiz xavfsizligiga ustuvor ahamiyat beradi!

East Telekom kompaniyasining barcha dolzarb va rasmiy aloqa ma’lumotlari faqat rasmiy veb-saytda ko‘rsatilgan:
www.etc.uz

Ogoh bo‘ling va faqat ishonchli axborot manbalariga ishoning!

Yangiliklar sahifasiga o'ting →