Ma'lumotlar markazida ichki rejalashtirish yakunlanmoqda

Qurilish jadvalga muvofiq amalga oshirilmoqda

Toshkent shahridagi zamonaviy ma'lumot markazining qurilish ishlari yil so`ngida sezilarlik darajada olg`a qadam tashlamoqda.

Hozirgi kunda binonig barcha 4 qavatida gazobeton bloklarni terish ishlari yakunlandi va 1-2 qavatlar uchun xonalarni bo`lish ishlari olib borildi. Shu bilan birgalikda barcha etajlardagi derazalarga ramalrni qo`yish ishlari xam o`z nixoyasiga yetdi. Ayni damda, binoning 3-4 qavatlarida xonalarni bo`lish ishlari va ichki kommunikatsiya ishlarini tashkillashtirish boshlandi Xamda, binonig ichki qisimidagi elektromontaj ishlarixam amalga oshirilmoqda

Tez orada, yangi ma'lumot markazimiz ilg'or texnologiyalarga va yuqori darajadagi ishonchga ega bo'lgan ma'lumotlar ishlab chiqarish va saqlash bo`lib shu sohasidagi mijozlarning talablarni qondira oladigan markaz bo`ladi.

Loyihaning keyingi rivojlanishi haqida ko'proq ma'lumot olish uchun bizni kuzatib boring! East Telecom malumotlari uchun: gtm@etc.uz, +998 90 969 86 56, +998 78 150 00 00

Yangiliklar sahifasiga o'ting →