"East Telecom" Toshkentdagi bosh ofis binosida havo ifloslanishini kuzatish uchun datchik o‘rnatdi

"East Telecom" ekologik tashabbusi

Shahardagi ekologik vaziyatni monitoring qilish maqsadida "East Telecom" telekommunikatsiya kompaniyasining binosiga "IQAir" kompaniyasining innovatsion havo ifloslanishi datchigi o‘rnatildi.

So‘nggi yillarda Toshkentda iqlim o‘zgarishlari va salbiy ekologik omillar tufayli chang bo‘ronlari ko‘paygan. Natijada, havoda "PM2.5" va "PM10" kabi xavfli zarralarning miqdori Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan belgilangan xavfsiz me’yorlardan ancha oshdi. Havodagi zarralar (PM — particulate matter) atrof-muhit havosining keng tarqalgan ifloslanish manbai bo‘lib, havoda suspenziyada bo‘lgan qattiq va suyuq zarralarning qo‘shilmasidan iborat. Bu zarralar insonning nafas olish tizimiga kirib, nafas yo‘llari kasalliklari, surunkali kasalliklarning kuchayishi va hatto yurak-qon tomir tizimi bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. PM2,5 va PM10 manbalariga avtotransport chiqindilari, energiya ishlab chiqarish uchun qattiq yoqilg‘ining yoqilishi, yo‘l qoplamasining eroziyasi, qishloq xo‘jaligi va qurilish ishlari kiradi.

"IQAir" kompaniyasi atrof-muhit monitoringi texnologiyalari bilan shug‘ullanadi va o‘zini "bepul dunyodagi eng yirik havo sifati haqida real vaqt rejimida ma’lumot beruvchi platforma" sifatida ko‘rsatadi. "East Telecom" binosida o‘rnatilgan "IQAir" datchigi havo sifatidagi o‘zgarishlarni real vaqtda uzluksiz monitoring qilish uchun mo‘ljallangan va u BMTning butunjahon dasturi doirasidagi qismdir. Butun dunyo bo‘ylab shunday datchiklar tomonidan yig‘ilgan ma’lumotlar BMT tomonidan koordinatsiya qilinadigan "Urban Air Action" platformasiga saqlanadi va davlatlarga ekologik siyosatni takomillashtirish, hamda fuqarolarga o‘z sog‘ligi haqida to‘g‘ri qarorlar qabul qilish imkonini beradi.

Jahon havo sifati indeksi reytingi (World Air Quality Index (AQI) Ranking) bo‘yicha 2023 yilda Toshkent Markaziy Osiyo davlatlari poytaxtlari orasida havo ifloslanishi bo‘yicha 2-o‘rinda, dunyo bo‘yicha esa 22-o‘rinda turibdi. Havo ifloslanishi, dunyodagi har to‘qqizinchi o‘limni keltirib chiqaradigan ekologiyaga bog‘liq katta tahdiddir.

         Toshkent aholisi uchun "East Telecom" datchigi o‘rnatilishining afzalliklari:

  1. O‘z vaqtida ogohlantirish: “East Telecom” bosh ofisining binosidagi datchik yordamida unga yaqin joylashgan  aholi havo ifloslanish darajasi oshgani haqida o‘z vaqtida ogohlantirish olishlari va tegishli ehtiyot choralarini ko‘rishlari mumkin. Masalan, himoya niqoblaridan foydalanish yoki ko‘chada o‘tkaziladigan vaqtni cheklash orqali ehtiyot choralari amalga oshirilishi mumkin.

  2. Sog'liqni saqlash: Fuqarolarning havo sharoitlaridan xabardorligini oshirish o‘z sog‘lig‘i va yaqinlari salomatligini muhofaza qilish bo‘yicha profilaktika choralarini ko‘rish imkonini beradi.

  3. Harakatlar uchun ma'lumot: Datchik tomonidan yig‘ilgan ma’lumotlar davlat organlari va ekologik tashkilotlarga mintaqadagi ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha asosli qarorlar qabul qilishga yordam beradi.

Datchik ko'rsatkichlarini loyiha veb-saytida quyidagi havola orqali ko'rishingiz mumkin: https://www.iqair.com/uzbekistan/toshkent-shahri/tashkent/east-telecom-dx-campus

Bundan tashqari, siz ma’lumotlarga qulay kirish uchun Android va iOS qurilmalaringizga mobil ilovani o‘rnatishingiz mumkin.

IQAir sayti va ilovasida siz nafaqat Toshkentda havo sifatini kuzatishingiz va ekologik vaziyat holati to‘g‘risida xabarnomalarni olishingiz mumkin, balki ifloslangan havoning sog‘liqqa salbiy ta’sirini kamaytirish bo‘yicha tavsiyalar bilan tanishib chiqishingiz, ob-havo prognozini olishingiz, shuningdek, shaharning boshqa hududlaridagi havoning ifloslanish darajasi haqidagi datchiklar ma’lumotlarini ko‘rishingiz mumkin.

Barqaror kelajakka hissa

Datchik o‘rnatish loyihasi "East Telecom"ning ekologik vaziyatni yaxshilash va aholining havo ifloslanishi muammolari haqida xabardorligini oshirishga qaratilgan ekologik tashabbusining bir qismidir. Zamonaviy texnologiyalarni qo‘llagan holda, bizning kompaniyamiz toza va xavfsiz shahar muhiti yaratishga o‘z hissasini qo‘shishga intiladi.

Androidga ilovani yuklab olish uchun havola: https://play.google.com/store/apps/details?id=com.airvisual

iOSga  ilovani yuklab olish uchun havola:  https://apps.apple.com/us/app/iqair-airvisual-air-quality/id1048912974?ls=1&mt=8%27%22

Yangiliklar sahifasiga o'ting →