East Telecom kompaniyasi Zarafshon shahrida o‘zining 14-filialini ochgani haqida mamnuniyat bilan xabar beradi
East Telecom kompaniyasining Zarafshon shahridagi 14-filiali ochilishi muhim voqealardan biri bo‘lib, bu shaharning rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan qadamlardan biriga aylandi.
Tantanali ochilish marosimi 9 sentyabr kuni Navoiy viloyatining Zarafshon shahrida bo‘lib o‘tdi. Uzunligi 240 km bo‘lgan optik tolali magistral tarmoq qurilishi 2023 yil oktyabrda boshlanib, 2024 yilning mart oyida yakunlangan edi. Kelgusi rejalarimizda Uchquduq shahrigacha magistral optik tolali tarmoq qurish loyihasi ham mavjud.
Tantanali ochilish marosimida Zarafshon shahri hokimi Nazirbek Raxmonov ishtirok etdi. Shuningdek, tadbirda East Telecom kompaniyasining bosh direktori Kim Sungmin, marketing bo‘yicha direktor Mina Park, tijorat ishlari bo‘yicha direktor Guli Nazarova, shuningdek, hududiy bo‘limlar rahbarlari: Shuhrat Klichev, Sherzod Rustamov va Aziz Halikov ishtirok etdilar.
East Telecom — O‘zbekistondagi yetakchi telekommunikatsiya va internet xizmatlari provayderlaridan biri bo'lib, kompaniyaga 2003 yilda asos solingan. East Telecom Janubiy Koreyaning eng yirik integratsiyalashgan telekommunikatsiya xizmatlari provayderi bo‘lgan Korean Telecom kompaniyasining shoʻba korxonasidir. Bugungi kunda kompaniyamizda 700 dan ortiq mutaxassislardan iborat jamoa faoliyat yuritib, umumiy uzunligi 2600 km dan oshiq bo‘lgan umummilliy magistral tarmoq va O‘zbekistonning har bir hududida filiallari mavjud.